O‘zbekiston | 12:43 / 17.04.2018
8753
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi tashkil etilgan “Respublika kinoprokat markazi”ga rahbar tayinlandi

Foto: Xalq so‘zi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta'minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-son qaroriga asosan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan edi.

Yangi markazga “O‘zbekkino” Milliy agentligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ma'rufjon Mardonkulovich Muxtarov rahbar etib tayinlandi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

M.Muxtarov huquqshunos ma'lumotiga ega. U 2013 – 2018 yillarda “O‘zbekkino” Milliy agentligining markaziy apparatida Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, bosh yuriskonsult, tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy masalalar boshqarmasi hamda Kinoloyihalarni tematik rejalashtirish, filmlarni ekspert baholash va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid