Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi şaklida Fan olimpiadalari markazi taşkil etiladi.

Qobiliyatli hamda fanlarni çuqur örganişga qiziqadigan yoşlarni aniqlaş va seleksiya qiliş, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş markazning asosiy faoliyat yönalişlaridan biri etib belgilandi.

2025 yildan markaz tomonidan:

  • 5-8-sinf öquvçilari örtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli öquvçilar bazasi şakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlaş yölga qöyiladi;
  • har bir fan yönalişi böyiça öquv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qöllanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;
  • öquvçilarni fan olimpiadalariga tayyorlovçi trener-öqituvçilarning uzluksiz kasbiy rivojlanişi uçun zarur şaroitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar örgatib boriladi;
  • fan olimpiadalari böyiça milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qöşma yiğinlar ötkaziş amaliyoti yölga qöyiladi;
  • öquvçilar uçun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengiş böyiça seminarlar hamda motivatsion treninglar taşkil qilinadi;
  • Bundan taşqari, iqtidorli yoşlar uçun “intellektual oromgohlar” taşkil etiladi.

2025 yil 1 yanvardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda iştirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rağbatlantiriş tartibi joriy etiladi.