Sport | 20:45 / 19.04.2018
11726
2 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qildi 

Foto: globallookpress

Rossiyalik aralash uslub jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang o‘tkazishga qiziqish bildirmoqda. Xabibning fikricha, jang yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi kerak. Bu masala bo‘yicha tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlab yuborilgan.

Margregor oktagonga deyarli 1,5 yil chiqmagan va shu sabab unvonlaridan mahrum etilgan. U aprelda Nyu-York politsiyasi tomonidan UFC jangchilari, jumladan Nurmagomedovni olib ketayotgan avtobusga hujum qilgani sababli hibsga olinib, keyin garov puli evaziga qo‘yib yuborilgandi. Jangchi avtobusga aravachani otib, uning oynasini sindirgan. Bu hujum oqibatida bir necha jangchiga kichik jarohatlar yetgandi.

“Fikrimcha, u sud ishi bilan cho‘zib o‘tirmaydi. Agar Nyu-York atletika komissiyasi uni litsenziyadan mahrum etsa, biz u bilan Las-Vegasda yoki biror hovlida urishishimiz mumkin. U bilan muzokaralar bormoqda, biroq agar ular cho‘zib yuborilsa... Men ularning uzoq cho‘zilishini istamayman. Shu yil jang qilish kerak, 7 kishi bir kishini kutib o‘tirmaydi. Men Konor bilan jang qilmoqchiman. Agar buning imkoni bo‘lmasa, unda menga Dastin Poreni bering. Yoki boshqa bir jangchini”, deb aytgan Nurmagomedov.

8 aprelga o‘tar kechasi Nurmagomedov Nyu-Yorkda o‘tgan musobaqada amerikalik El Yakvintaga qarshi jangda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Dastlab uning raqibi yana bir amerikalik jangchi Toni Fergyuson bo‘lishi kerak edi, biroq u jang oldidan tizzasidan jarohat olgan. 

Mavzuga oid