MMA’ning irlandiyalik jangçisi, UFC ikki vazn toifasidagi sobiq çempioni Konor Makgregorga Moskvadagi tadbirda butilka uloqtirildi. Bloger Narimon bu işni nega qilganini tuşuntirib berdi.
Hodisa Moskvada jurnalistlar iştirokidagi rasmiy tadbirda yuz berdi. Blogerlar bilan uçraşuv paytida Konorga butilka uloqtirildi, ammo u nişonga tegmadi.
Makgregorga butilka otgan Narimon özining «instagram»dagi sahifasida jangçi bilan muloqot matnini e'lon qildi.
- Konor, keça doğistonliklar haqida nima deganing esingdami?
- Ha, yodimda.
- Agar sen Habib va uning jamoasini yomon körsang, unda nima uçun butun Doğiston xalqi haqida bunday gapirasan?
- Buning sababini senga aytaman. Ular dökonlarda mening yuzim tasvirlangan tovuqni sotişdi. Ular menga hurmatsizlik körsatişdi.
- Mening otam, akam - sen ularning barçasini qörqoq, deb hisoblaysanmi?
- Ha, şunday deb öylayman.
- Nega ular qörqoq? (Butilka otiladi.) Otam yoki akam senga nima qilişdiki, sen ularni qörqoq deb atayapsan?
- Jim böl, tentak.
«U mantiqiy savolga faqat şunday javob qaytara oldi. Nega bunday bölganini, nega matbuot anjumanining birinçi kunidan keyin men bu sözlar haqida şaxsan söraşni xohlaganimni tuşunişingiz uçun öşa his-tuyğularni sözlar bilan qanday yetkazişni bilmayapman!» - deb yozadi Narimon «instagram»dagi sahifasida.













