UFC çempioni Xabib Nurmagomedov 2020 yil 18 aprelda Nyu-Yorkning Bruklin tumanida ötadigan musobaqada amerikalik Toni Fergyuson bilan jang ötkazadi. Bu haqda tvitterda uning menejyeri Ali Abdulaziz ma'lum qildi.

Abdulaziz ma'lumotlariga köra, Nurmagomedov Fergyusonga qarşi jangga şartnomani imzoladi. “Çempion Toni Fergyusonga qarşi jangga kelişuvini imzoladi. Burgut 18 aprelda Bruklinga qönadi. Bu barçasi muxlislar uçun”, deb yozgan sportçining menejyeri va şartnomaning suratini ilova qilgan.

Biroq, ta'kidlanişiça, Fergyuson hozirça jangga şartnomani imzolamagan, ammo uning tomoni Bruklinda musobaqa ötkazilişiga qiziqiş bildirmoqda.

Bu Fergyuson va Nurmagomedov örtasida jang taşkillaştirişga 5-urinişdir. Ikki sportçi dastlab 2015 yil dekabrda uçraşişi kerak edi, biroq Xabib jarohati tufayli jang ötkaza olmagan. Şundan keyin jang 2016 yil aprelga köçirilgan, biroq bu safar amerikalik soğliğidagi muammolar sababli oktagonga çiqa olmagan. 2017 yilda esa Nurmagomedov vazn taşlaşda yuzaga kelgan muammolar sababli şifoxonaga tuşgan, 2018 yilda Fergyuson tizzasidan jarohat olib, yana jangga çiqa olmagan.