Sport | 12:10 / 28.04.2018
9876
1 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» darvozasiga belgilangan penalti sababchisi Superligadan chetlatildi

Foto: Lokomotiv FK Matbuot xizmati

«Bunyodkor» — «Lokomotiv» (1:2) o‘yinida qanot hakami bo‘lib ishlagan Alisher Usmonov Superliganing bir nechta turidan chetlatildi, deb xabar beradi Championat.asia.

Aynan u sababli uchrashuvning 83-daqiqasida «Bunyodkor» darvozasiga penalti belgilangan bo‘lib, undan foydalangan «Lokomotiv» g‘alabani ilib ketgandi. Takroriy lavhalar ko‘rsatdi-ki, Anvar G‘ofurov to‘pga o‘ynagan, qolaversa, holat jarima maydonining tashqarisida yuz bergan.

O‘yin natijasiga bevosita ta'sir ko‘rsatgan xato qaror yon hakam Alisher Usmonovga tegishli. Chunki avvaliga bosh hakam penalti berishga shoshilmagan edi. Usmonov aynan qancha turga chetlatilgani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid