O‘zbekiston | 08:16 / 05.05.2018
11645
5 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ eng yaxshi brendlardan biri deb topildi

Toshkentda Milliy marketing markazi talqini bo‘yicha «2017 yil brendi» birinchi mukofotining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining zalida Milliy marketing markazi talqiniga ko‘ra «2017 yil brendi» mukofotining birinchi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«2017 yil brendi» mukofoti bilan O‘zbekiston bozorida marketingni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan eng faol kompaniyalar taqdirlandi. Tadbir O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Loyihaning maqsadi - ichki bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasi, marketing va reklama xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirish.

«Milliy marketing markazi» assotsiatsiyasi 2018 yil mart oyida DE FACTO marketing agentligi bilan hamkorlikda Assotsiatsiya a'zolari, hamkorlar va mutaxassislar o‘rtasida onlayn ovoz berishni amalga oshirdi. Ovoz berishda jami 104 respondent ishtirok etdi. 2017 yilning eng yaxshi brendi va eng yaxshi marketing rivojlantirilishini aniqlash uchun ovoz berish 17 yo‘nalishda o‘tkazildi. Professional ovoz berish natijalari bo‘yicha 34ta g‘olib kompaniya aniqlandi.

Mukofot tashkilotchilari 17 yo‘nalish bo‘yicha ikkitadan g‘olibni ma'lum qilishdi:

1. Bank xizmatlari – Eng yaxshi savdo markasi Kapitalbank

2. Bank xizmatlari – Eng yaxshi marketing rivoji Kapitalbank

3. Taksi xizmati – Eng yaxshi savdo markasi My Taxi

4. Taksi xizmati – Eng yaxshi marketing rivoji My Taxi

5. Deraza va profillar – Eng yaxshi savdo markasi Ekopen

6. Deraza va profillar – Eng yaxshi marketing rivoji Imzo

7. Sharbat va nektarlar – Eng yaxshi savdo markasi Bliss

8. Sharbat va nektarlar – Eng yaxshi marketing rivoji Sochnaya dolina

9. Shirin gazlangan ichimliklar – Eng yaxshi savdo markasi RC Cola

10. Shirin gazlangan ichimliklar – Eng yaxshi marketing rivoji     RC Cola

11. Maishiy texnika – Eng yaxshi savdo markasi Samsung

12. Maishiy texnika – Eng yaxshi marketing rivoji Artel

13. Internet provayderlar – Eng yaxshi savdo markasi EVO

14. Internet provayderlar – Eng yaxshi marketing rivoji EVO

15. Qahvaxonalar – Eng yaxshi savdo markasi Chaykof

16. Qahvaxonalar – Eng yaxshi marketing rivoji Black Bear Kofi

17. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish servisi – Eng yaxshi savdo markasi Le Bazar

18. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish servisi – Eng yaxshi marketing rivoji My Taxi Express

19. Mineral suv – Eng yaxshi savdo markasi Nestle

20. Mineral suv – Eng yaxshi marketing rivoji Family

21. Kolbasa mahsulotlari – Eng yaxshi savdo markasi Rozmetov

22. Kolbasa mahsulotlari – Eng yaxshi marketing rivoji Rozmetov

23. Mobil operatorlar – Eng yaxshi savdo markasi Beeline

24. Mobil operatorlar – Eng yaxshi marketing rivoji Beeline

25. Mobil telefonlar – Eng yaxshi savdo markasi Samsung

26. Mobil telefonlar – Eng yaxshi marketing rivoji Samsung

27. Chakana farmatsevtika savdo nuqtalari – Eng yaxshi savdo markasi OXYmed

28. Chakana farmatsevtika savdo nuqtalari – Eng yaxshi marketing rivoji OXYmed

29. Chakana tarmoqlar – Eng yaxshi savdo markasi Korzinka.uz

30. Chakana tarmoqlar – Eng yaxshi marketing rivoji Korzinka.uz

31. Savdo-ko‘ngilochar markazlar – Eng yaxshi savdo markasi Samarqand Darvoza

32. Savdo-ko‘ngilochar markazlar – Eng yaxshi marketing rivoji Samarqand Darvoza

33. Yangiliklar internet nashri – Eng yaxshi savdo markasi Gazeta.uz

34. Yangiliklar internet nashri – Eng yaxshi marketing rivoji KUN.UZ

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalistika sohasida «Oltin qalam» XIII Milliy mukofotida O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ta'sis etgan «Innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etgan eng faol jurnalist» nominatsiyasida «Kun.uz» yangiliklar veb-sayti jurnalisti Aziz Qarshiyev va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ta'sis etgan «O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi eng yaxshi material uchun» nominatsiyasida «Kun.uz» sayti bosh muharriri Umid Shermuhamedov mukofotni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid