Özbekistonda jahonga maşhur kiyim-keçak brendlarining autlet markazlari taşkil etiladi. Bu – turizmni rivojlantiriş böyiça prezident qarorida belgilandi.
Qarorga köra, autlet markazlari milliy arxitektura uslubida böladi va şaharlar çetlarida (atroflarida) joylaşadi.
Autletlar birinçi bosqiçda (2030 yilgaça) Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarida, ikkinçi bosqiçda (2030 yildan boşlab) turistik salohiyati yuqori boşqa aholi punktlarida taşkil etilişi közda tutilgan.
Bu topşiriq ijrosi uçun Investitsiyalar vazirligi, Turizm qömitasi va mahalliy hokimliklar mas’ul.
Ma’lumot uçun, autletlar – bu kiyim-keçak brendlarining çegirmali narxdagi dökonlari bölib, ularda odatda ötgan mavsumdan qolgan yoki yaxşi sotilmagan tovarlar böladi. Şuningdek, ayrim brendlar aynan autletlarda sotiş uçun budjet variantdagi tovarlarni ham işlab çiqaradi, bu tovarlar brendning yuqori segmentdagi boşqa mahsulotlaridan sifat borasida farq qilişi mumkin.

















