Jamiyat | 16:53 / 11.05.2018
9354
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

10 may kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashagan, X.N. o‘zining “Spark” rusumli avtomashinasini “Qo‘shrabot-Nurota” yo‘lining 25-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan B.M. boshqaruvidagi “Zaz” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “Spark” avtomashinasi haydovchisi X.N. va yo‘lovchisi A.Q. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Shuningdek, qolgan ikki yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

 

Mavzuga oid