Sport | 21:40 / 13.05.2018
3449
2 daqiqa o‘qiladi

«Suonsi» ham APLni tark etdi

Foto: Premer liga

«Suonsi Siti» Angliya Premer-ligasining 38-turida «Stok Siti»dan mag‘lub bo‘ldi. Suonsidagi «Liberti» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 1:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 14-daqiqasida «Suonsi» himoyachisi Endi King hisobni ochdi, 31-daqiqada «Stok» yarim himoyachisi Pap Aliune N’Diayye hisobni tenglashtirdi, tanaffus arafasida Piter Krauch g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, mos ravishda 18 va 19-o‘rinlarni egallagan «Suonsi» va «Stok Siti» Chempionshipga ravona bo‘ldi. Oxirgi turda «Kristal Pelas»ga yutqazgan «Vest Bromvich» mavsumni oxirgi o‘rinda yakunladi.

Angliya chempionati
30-tur
Suonsi – Stok Siti 1:2 
(1:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 King, 1:1 – 31 Ndiayye, 1:2 – 41 Krauch.
Suonsi – Fabianski, van der Xorn, Olsson, Ranxel, Mouson, Kerroll, King (Britton, 58), Rautledj (Abraxam, 57), Dayyer (Klukas, 68), Ayyu, Ayyu.
Stok Siti – Batlend, Zuma, Piters, Bauer, Shoukross, Allen (Fletcher, 8), Ndiayye, Sorensen (Ayrlend, 76), Shakiri, Diuf, Krauch.
Ogohlantirishlar: van der Xorn (36), Krauch (56), Bauer (66).