Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy notariuslar qanday ishlar bajara olishlari mumkin bo‘ladi?
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimida O‘zbekiston Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat rolini yanada qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Agar hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolansa, unda xususiy notariuslar quyidagi notarial harakatlarni bajarish huquqiga ega bo‘ladilar:
- hujjatlarning bir tildan ikkinchi tilga to‘g‘ri tarjima qilinganini shahodatlash;
- hujjatlar nusxalari va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash;
- hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash;
- mol-mulk ijarasiga shartnoma berish;
- korxonaning bir qismi ijarasiga shartnoma berish;
- korxona, lizing va renta oldi-sotdisi shartnomalari bilan shug‘ullanish.