Jamiyat | 15:51 / 16.05.2018
10104
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘zaro janjal tufayli qarindoshlarini pichoqlagan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto/Sputnik

13 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi A.X. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida bir mahallada yashovchi qarindoshlari E.X.ning ko‘krak va yelka qismiga hamda uning birga yashovchi ukasi J.B.ning ikkala oyog‘ini son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada E.X. va J.B.lar kasalxonaga yotqizilgan. A.X. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid