Fan-texnika | 15:19 / 24.05.2018
6415
2 daqiqa o‘qiladi

Viber asoschilari O‘zbekiston IT-bozoriga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Foto: Retail & Loyalty

AQSh, Isroil va Belarusdan IT-sohadagi yetakchi ekspertlar delegatsiyasi Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC) taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyuradi.

Uning tarkibida - Viber asoschilari Marko Talmon va Igor Magazinnik, Strategeast kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin va Amerikaning International Tax and Investment Center direktori Muxit Axanov bor, deb xabar berishdi MUIC’dan.

«Viber vakillari mahalliy IT-bozorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kirish masalasi bo‘yicha o‘rganishni rejalashtirmoqda», - deya xabar berishdi markazdan.

Mehmonlar Axborot texnologiyalari vazirligi, DSQ, «O‘zbektelekom» AK va sohani rivojlantirish uchun mas'ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan uchrashuvlardan ma'lum natijalarni kutmoqda.
 
«Viber asoschilari Marko Talmon va Igor Magazinnikning respublikaga tashrifi MUIC hamda Strategeast kompaniyasining amaliy hamkorlik yo‘lidagi dastlabki qadamidir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishdi matbuot xizmatidan.
 
Mutaxassislar amaldagi soliq qonunchiligini, taklif etilayotgan islohotlarni o‘rganishni va xalqaro tajriba asosida ularni axborot texnologiyalariga nisbatan optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid