Özbekistonda Skype’ni yuklab oliş keskin ortdi. Bundan App Annie ma'lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Spot.

22 maydan 23 maygaça Skype App Store Uzbekistan’da 111 öringa kötarildi va hozirça bepul ilovalar reytingida 23-poğonani egallab turibdi.

Viber 8 poğonaga kötarildi, lekin keyin 11 öringa tuşib ketdi. WhatsApp körsatkiçi özgarmagan – ilova bir neça oydan beri eng köp yuklab olinuvçi dasturlar top-10ligida.

App Store Uzbekistan’da birinçi örinni hamon «Yandeks.Taksi» egallab turibdi, ikkinçi - Telegram, uçinçi - Instagram.

Ilovalarga qiziqiş «Özbektelekom» boş direktori Farhod Röziyevning Özbekistonda Skype, WhatsApp, Viber ovozli ilovalar işi tiklangani haqidagi bayonoti bilan boğliq. Bunga qadar, masalan, 21 mayda, Skype hattoki top-100da bölmagan.