O‘zbekiston | 11:02 / 25.05.2018
5884
1 daqiqa o‘qiladi

Bangkok shahrida O‘zbekistonning bosh konsuli tayinlandi

Foto: Kun.uz

Aziz Aliyev O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi (Tailand) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

U bunga qadar TIVning BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Qayd etilishicha, A.Aliyev bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasidagi (ESKATO) vakilidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIVda yangi lavozim tayinlovi ro‘y bergandi.

Mavzuga oid