Özbekistonning Bangkok şahridagi Boş konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan joriy yil iyun-dekabr oylari davomida Myanma hududida muşkul ahvolga tuşib qolgan 15 nafar Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi fuqarolar ikki nafariga BMT Xalqaro migratsiya taşkiloti tomonidan, uç nafariga homiy taşkilotlar hisobidan aviaçiptalar xarid qilinişi, olti nafari vaqtinçalik bepul turar joy bilan ta’minlanişi yuzasidan amaliy yordam körsatdi.

Özbekiston fuqarolarini vatanga qaytariş uçun mamlakat Boş konsulxonasi Bangkok şahrida joylaşgan xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari, mahalliy rasmiy va nodavlat taşkilotlar bilan hamkorlikda faol iş olib bormoqda.

Özbekistonning Bangkok şahridagi Boş konsulxonasi fuqarolarni yolğon iş e’lonlari va mömay maoş ilinjida noqonuniy migratsiya va odam savdosi qurboniga aylanib qolişdan ogoh bölişga çaqirgan.