Jahon | 18:44 / 25.05.2018
12438
2 daqiqa o‘qiladi

«Qoidalar buzilishi qoidaga aylanmoqda». Putin jahon iqtisodiyoti asoslari buzilayotganini aytdi

Foto: TASS /Mettsel Mixail

Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PXIF) so‘zlagan nutqida jahon iqtisodiyoti hozirgi kunda rivojlanish xavfiga olib keladigan proteksionizmning yangi shakllariga duch kelayotganidan xavotir bildirdi.

Rossiya rahbarining ma'lum qilishicha, hozir o‘nlab yillar davomida qurilgan ko‘p tomonlama hamkorlik tizimining poydevorini keskin ravishda buzilmoqda. «Qoidalarning buzilishi qoidaga aylanmoqda», - degan Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorlar ochiqligi va halol raqobatni qandaydir istisnolar, cheklovlar va sanksiyalar chetlashtirmoqda. Putinning ta'kidlashicha, davlatlar avval ham proteksionizm masalalari bilan duch kelgan. Biroq endi, Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, bu milliy xavfsizlik manfaatlariga ko‘rsatilgan holda «raqobatchilarni bostirish va imtiyozlarni taqdim etish talabi» siyosatiga aylandi, bunda «proteksionizmning yangi tahriri» haqida gap bormoqda.

«Sanktsiyalar va cheklovlarning ishdan chiqib bo‘lgan spirali yanada ko‘plab mamlakatlar va kompaniyalarga zarar yetkazmoqda, bunda savdo rejimi cheklovlari hech qachon o‘ziga nisbatan qo‘llanilmasligiga amin bo‘lganlar ham bor», - dedi Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, «o‘zboshimchalik va nazoratsizlik muqarrar ravishda cheklov vositalarini o‘ngga va chapga qo‘llash vasvasasini keltirib chiqaradi». 

Jahon iqtisodiyotidagi salbiy tendensiyalarga misol sifatida, Putin Jahon savdo tashkiloti doirasida bitimlar soni qisqarganini aytdi. Rossiya rahbarining tan olishicha, bu tashkilot ideal emas, ammo boshqa hech narsa yaratmasdan turib, uni tark etish mumkin emas. Aks holda, «savdo-sotiq nizolarida kim haq ekanini faqat kuch hal qiladi», - dedi Putin.

Nutq chog‘ida Putin proteksionizmning yangi shakllarini joriy etayotgan yoki ulardan zarar ko‘rgan davlatlarning nomini aytmagan.

Mavzuga oid