2017 yilda, öşa paytda Amerika prezidenti lavozimiga kirişgan Donald Tramp Hamburgdagi G20 sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinçi şaxsiy uçraşuvini ötkazgan va unda Putinning Ukrainaga Amerika qurollari ehtimoliy yetkazib berilişi böyiça fikrini söragan. Rossiya prezidenti bu Qöşma Ştatlar tomonidan «xato» bölişi haqida javob bergan. Bu haqda 5 oktyabr, şanba kuni The New York Times (NYT) yozmoqda.
Tramp bilan suhbatda Putin Ukrainani «korrupsiyaga uçragan, xayoliy mamlakat» deb atadi va Rossiya unga ta’sir ötkazişga töliq haqqi borligini ta’kidladi. Hamburgdagi öşa sammitda qatnaşgan uç amerikalik mulozimga köra, Rossiyaga qarşi maslahatçilari tomonidan bir qança tezislar tuzib berilgan Tramp Putinga e’tiroz bildira olmagan.
Suhbatdan söng AQŞ davlat kotibi lavozimiga nomzod bölgan Reks Tillerson Tramp ma’muriyatini «prezidentning Ukraina haqidagi fikrini özgartiriş uçun köp iş qilişlari kerakligi» haqida ogohlantirgan. «Tillerson hozirgina sobiq «KGB» josusi janob Putinning Amerika yangi prezidentining fikrlaş tarzini şakllantiriş böyiça mahorat darsi ötkazganini kuzatdi», — deya tuşuntiradi NYT nima bölganini.
NYT: 7 yildan keyin ham Trampning Ukrainaga nisbatan munosabati özgarmadi
Trampning Ukrainaga nisbatan munosabati va Kiyev demokratlarni qöllab-quvvatlaşiga şubha qilişi joriy prezidentlik kampaniyasi davrida ham paydo bölişda davom etmoqda, deb yozadi The New York Times ötgan oy AQŞ prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris bilan bölgan debat çoğida Tramp Ukraina uruşda ğalaba qozonişini xohlaydimi, degan savolga töğridan töğri javobdan qoçganini eslatib ötdi.
Ötgan hafta u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni AQŞga qilgan sönggi safaridan Harrisning saylovoldi taşviqotini kuçaytiriş uçun foydalanganlikda, asosiy ovozlarni taqsimlovçi ştat bölgan Pensilvaniyadagi öq-dori zavodiga taşrif buyurganlikda aybladi. «Menimça, Zelenskiy tarixdagi eng buyuk sotuvçidir, - dedi Tramp Zelenskiy ştatga taşrif buyurgan kunining ertasi kuni bölib ötgan mitingda. - U har safar bu mamlakatga kelganida 60 milliard dollar bilan ketadi».
Tramp: Putin ham, Zelenskiy ham uruşni tugatmoqçi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 sentabr kuni Nyu-Yorkdagi «Tramp-tauer» osmonöpar binosida AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan uçraşdi. 40 daqiqa davom etgan suhbat davomida Tramp bölajak prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonsa, Ukrainadagi uruşni tugatişini yana bir bor ta’kidladi. Ukraina yetakçisi bilan suhbatdan söng Tramp ikkalasi ham «adolatli kelişuv»ni istaşlarini ta’kidladi.








