Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda 1 oktyabr, seşanba kuni Die Zeit gazetasi Germaniya hukumatidagi nomi oşkor etilmagan manbalariga tayanib xabar berdi. Bu suhbat noyabr oyida Braziliyada bölib ötadigan G20 sammiti arafasida ötkazilişi rejalaştirilgan, biroq Berlin hozirça Moskvaga rasmiy sörov bilan çiqqani yöq, deb yozadi naşr.
Agar suhbat bölib ötsa, Şols Ukrainani qöllab-quvvatlovçi davlatlar rahbarlaridan birinçi bölib Putin bilan töğridan töğri aloqani tiklaydi. Germaniya kansleri va Rossiya prezidenti örtasidagi sönggi telefon muloqoti 2022 yil dekabrida bölib ötgan. AQŞ prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniyaning sobiq boş vaziri Boris Jonson ham Putin bilan oxirgi marta 2022 yilda töğridan töğri gaplaşgan.
Bayden Germaniyada Ukraina böyiça xalqaro uçraşuv ötkazilişini e’lon qildi
AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy yordam körsatiş böyiça xalqaro aloqa guruhining "Ramştayn" formatida navbatdagi yiğilişi ötkazilişini ma’lum qildi. AQŞ raisligidagi muzokaralar Germaniyada bölib ötadi, u yerda Ukrainani qöllab-quvvatlovçi 50 dan ortiq davlatning sa’y-harakatlarini muvofiqlaştiriş rejalaştirilgan, deb ma’lum qildi 26 sentabr kuni Oq uy.
Vaşington aloqa guruhining uçraşuvi qayerda bölişini ma’lum qilmadi, biroq u Amerikaning Ramştayndagi harbiy bazasida ötkazilişi kutilmoqda, deya qayd etadi dpa.
Bayden Germaniyaga oktyabr oyi örtalarida taşrif buyuradi. U Germaniya kansleri Olaf Şols va Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan uçraşişi, söng Ramştayn harbiy bazasiga borişi kutilmoqda.








