02:31 / 27.05.2018
10360

Zidan Chempionlar ligasi finalida ketma-ket uch marta g‘alaba qozongan ilk murabbiy

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z trenerlik karerasida uchinchi bor Yevropa chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritmoqda — 2016, 2017, 2018.

Ungacha hech kim yevropaning klublar o‘rtasida tashkillashtiriladigan eng nufuzli turnirini ketma-ket uch marta qo‘lga kirita olmagan.

Chempionlar ligasi tarixidagi eng titulli murabbiylar borasida u ikkita yetakchiga tenglashib oldi. Italyan mutaxassisi Karlo Anchelotti ikki bor «Milan» bilan, bir bor «Real» bilan YeChLni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ingliz murabbiyi Bob Peysli uch bor «Liverpul» bilan Chempionlar kubogi finalda zafar quchgan.

Mavzuga oid
Top