Yevropa Çempionlar Ligasi finalida «Real» va «Borussiya D» klublari töqnaş kelişdi. 

Birinçi bölim Dortmund klubining katta ustunligida ötdi va «arilar» ikkita yaqqol vaziyatdan foydalana olişmadi. 

Ikkinçi bölimda «Real» öziga keldi va imkoniyatlardan foydalana olmagan raqibni jazoladi. 74-daqiqada burçak zarbasidan keyin Karvaxal hisobni oçdi. Goldan söng nemis jamoasi öziga kela olmadi va himoyadagi xatodan foydalangan Vinisius 83-daqiqada ikkinçi töpni ham kiritdi. 

Şu tariqa «Real» öz tarixida 15-bor, sönggi 11 mavsumda 6-marta YeÇL ğolibiga aylandi. Madridliklar boş murabbiyi Karlo Ançelotti esa 5-bor uşbu turnirda zafar quçdi va bu borada özi örnatgan rekordni yangiladi.

YeÇL. Final
Borussiya D — Real 0:2
1 iyun, «Uembli»
Gollar: Karvaxal (74), Vinisius (83).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Şlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan (Malen, 80), Brandt (Aller, 81), Sanço (Baynu-Gittens, 87), Adeyyemi (Roys, 72), Fuldkrug.
Real – Kurtua, Karvaxal, Naço, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modriç, 86), Valverde, Kamavinga, Bellinghem (Xoselu, 85), Vinisius (Vaskes, 90+4), Rodrigo (Militao, 90+1).
Ogohlantirişlar: Vinisius (35), Şlotterbek (40), Zabitser (43), Hummels (79).