00:16 / 31.05.2018
8734

Muloqot.uz o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda

3 iyun kuni Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini to‘xtatadi, deya xabar beradi Infocom.

Ushbu ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar bugun ma'muriyatdan shu mazmunda xabar olishgan:

"Assalomu alaykum, hurmatli foydalanuvchi. Sizga shuni ma'lum qilamizki, Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i loyihasi o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda. Muloqot.uz 2018 yilning 3 iyunidan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Sizdan shaxsiy profilingizdan o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar (foto, video, yozishmalar, musiqiy pleylist va b.)ni olishingizni so‘raymiz. Sayt ma'muriyati Muloqot.uz loyihasi faoliyatida faol ishtirokingiz uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi".

Ta'kidlash joizki, 2011 yilning 19 avgustida O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘ining ishga tushishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Tarmoq asoschilari - «Simple Networking Solutions» MChJ bo‘lgan.

Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘ining eng yaxshi faoliyat yillaridagi foydalanuvchilar soni 100 ming nafarni tashkil qilgan.

Top