Xitoy-Qirg‘iziston gaz quvuri qurilishi ishlari 2019 yilda boshlanadi
Xitoy-Qirg‘iziston gaz quvuri qurilishi ishlari 2019 yilda boshlanadi. Bu haqda jurnalistlarga Qirg‘iziston sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi rahbari Ulan Risqulov ma'lum qilgan.
Avvaliga ushbu quvur qurilishi ishlari 2016 yilda boshlanishi rejalashtirilgandi.
Ma'lum qilinishicha, quvur qurish bo‘yicha kelishuvga o‘zgartirish kiritilgan.
«Biz uning foydalanish muddatini uzaytirdik. Avval bu 35 yilga edi. Endi 41 yil», — deya qayd etgan Risqulov.
U Xitoy tomoni qurilish ishlarini 2013 yili boshlashi kerak bo‘lgani, ammo obektiv sabablarga ko‘ra qurilish ishlarini boshlash ishlari kechikib kelayotganini aytib o‘tgan.
«Endi ishlar 2019 yilda boshlanadi. Biz uchun bu juda muhim. Qurilish ishlari jarayonida 800ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi. Keyin esa 200ga yaqin kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qilgan Ulan Risqulov.
Ushbu loyiha qiymati 1,2 mlrd dollarni tashkil etadi. Loyiha Turkmaniston gazini O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali Xitoyga sotishni rejalashtirgan.
Gaz quvurining Qirg‘izistondagi uzunligi 215 kilometrni tashkil etadi. Qirg‘iz-xitoy gaz quvuri Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi «Karamyk» bekatidan boshlanib, Qirg‘iziston chegarasidagi Erkechtam bekatida tugaydi.
Mavzuga oid
22:37 / 26.09.2024
Surxondaryoda YTH sodir etgan Lacetti gaz quvuriga urildi. Qariyb 2 mingta xonadon gazsiz qoldi
17:00 / 26.09.2024
"Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvurining nuqsonli qismlari almashtirilmoqda
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
22:34 / 21.08.2024