"Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvurining nuqsonli qismlari almashtirilmoqda
426 kilometr masofaga cho‘zilgan bu tarmoqdan 1980 yildan buyon foydalanib kelinadi. Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan bu yilgi kuz-qishga tayyorgarlik ishlari doirasida "Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral tarmog‘ida quvur ichki diagnostikasi o‘tkazilgan bo‘lib, uning xulosalarida nuqsonli joylar borligi aniqlangan edi. Shu kunlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayonida quvurning nuqsonli qismlari yangisiga almashtirilmoqda.

Qurilish maydoniga 50 nafardan ortiq ishchi xodim va 20 dan ortiq maxsus texnika vositalari jalb qilingan. Samarqandlik magistralchilarga Zirabuloq, G‘allaorol va muboraklik hamkasblari yordamga kelishgan. Chunki soatiga 1 mln metr kub tabiiy gaz o‘tkazish quvvatiga ega bu yirik inshootda davom etayotgan tadbirni qisqa muddatlarda va sifatli bajarish chog‘ida qo‘shimcha kuchlarning ziyoni bo‘lmaydi.
"Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvuri juda ahamiyatli va muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Quvurdan respublikamizdagi yirik muhandislik inshootlari bo‘lgan "Sirdaryo" va "ACWA POWER SIRDARYA" issiqlik elektr stansiyalari hamda Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 53 543 ta aholi xonadoni va 1595 ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.
Bugun quvurning Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 15-kilometrida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, yirik tarmoqning ishonchliligini oshirib, tabiiy gaz o‘tkazish samaradorligiga hissa qo‘shadi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
O‘zbekiston | 10:27
-
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi
O‘zbekiston | 10:18
-
Rossiya Xarkivga raketa zarbasi berdi, jabrlanganlar bor
Jahon | 10:12
Mavzuga oid

23:25 / 26.02.2025
Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida ayrim iste’molchilar gaz ta’minotidan uzildi

12:06 / 19.01.2025
Qoraqalpog‘istonda mashina gaz quvurga urilib, unga shikast yetkazdi

22:37 / 26.09.2024
Surxondaryoda YTH sodir etgan Lacetti gaz quvuriga urildi. Qariyb 2 mingta xonadon gazsiz qoldi

21:09 / 19.09.2024