Ramazon hayitida kimlar 3 kun dam oladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 11 iyun kuni “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Qarorga binoan, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi 5290-sonli Farmoniga muvofiq 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Mazkur qarordan kelib chiqib, ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda: butun O‘zbekiston aholisi 3 kun dam oladimi?
Qaror matnini sinchiklab tahlil qilsak, dam olish kuni haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q.
Unda faqat «Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlansin» deyilgan. Bu dam olish kuni sifatida e'lon qilindi, degani emas.
Masalan, 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayram sifatida keng nishonlansin, deyilsa, o‘sha kuni dam olish bo‘ladi deb tushunmaslik kerak.
Bir narsani tushunishimiz kerakki, bayramlarning barchasi ham dam olish kuni bo‘lavermaydi. Mehnat kodeksining 131-moddasida aynan qaysi bayramlar ishlanmaydigan kunlar ekanligi sanab o‘tilgan. Ularning soni 9 ta. Unga ko‘ra, Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining faqat birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kunligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan xulosa qilish mumkinki, Ramazon Hayitining faqat birinchi kuni, ya'ni 15 iyun – juma kuni butun o‘zbek xalqi uchun dam olish sifatida belgilandi.
16 iyun (shanba) esa barcha uchun dam olish kuni emas.
Haftasiga 5 kun ishlaydigan, ya'ni rasman shanba dam olish kuni bo‘lganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi, bu tabiiy.
Shanba rasman ish kuni bo‘lgan xodimlar esa, 15 iyun - juma kuni dam olib, 16 iyun - shanba kuni ishga chiqishlari lozim bo‘ladi.
Qaror matnida Prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi 5290-sonli Farmoni aynan nima maqsadda eslab o‘tilganiga biror izoh bildirishim qiyin. Buning uchun rasmiy tashkilotlarning sharhi kerak bo‘ladi.
Bunday deyayotganimning sababi, yuqoridagi qaror matnida Ramazon hayit bayramiga oid hech narsa nazarda tutilmagan. Bu haqida faqat O‘zA saytida chiqqan Prezident qarorining sharhida aytib o‘tib ketilgan xolos.
Sharhda quyidagicha deyilgan edi:
“Bundan tashqari, xalqimizning ma'naviy hayotida olijanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma'naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.”
Lekin ushbu sharh rasmiy qaror o‘rnini bosa olmaydi. Qarorning matnida esa bu haqida hech narsa belgilanmaganligi sababli, butun o‘zbekistonliklarga uzluksiz uch kunlik dam olish kuni e'lon qilindi, deya noto‘g‘ri xulosa chiqarmaslik maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Xushnudbek Xudayberdiyev,
huquqshunos.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi

19:51 / 20.02.2025
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

17:46 / 05.12.2023
Konstitutsiya bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

16:09 / 30.08.2022