Jahon | 10:42 / 12.06.2018
9215
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning maslahatchisida G7’dan so‘ng yurak xuruji ro‘y berdi

Foto: Getty Images

Oq uyning bosh iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou yurak xuruji tufayli shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvdan avval tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, maslahatchi Uolter Rid nomidagi harbiy-tibbiy markazda qolmoqda.

«Savdo va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha juda katta ishni amalga oshirgan Larri Kadlou hozirgina yurak xurujini boshidan o‘tkazdi», - deya yozdi Tramp.

Kudlou Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiy importiga joriy etilgan bojlari haqidagi so‘zlarini «orqadan pichoq urish», deb atagandi. Kudlouning so‘zlariga ko‘ra, Kanadada sut va boshqa mahsulotlarga «juda katta bojlar» bor, ular 290 yoki 295 foizga tengdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni yana keskin tanqid ostiga olgandi.

Mavzuga oid