G7 davlatlarining jami strategik neft zaxiralari 1 019,4 million barrelni taşkil etadi.
Eng katta zaxira AQŞga tegişli — 415,4 million barrel. Ikkinçi örinni Yaponiya egallagan — 260 million barrel. Şu bilan birga, Yaponiya deyarli neft qazib olmaydi va ehtiyojining taxminan 99 foizini import qiladi. Umuman olganda, AQŞ va Yaponiya hissasiga G7 umumiy zaxiralarining yarmidan köproği töğri keladi.

Fransiya va Germaniya mos ravişda uçinçi va törtinçi örinlarni egallab, 120 million va 110 million barrel zaxiraga ega.
Italiya uçun infografikada 76 million barrel körsatilgan — bu qonun bilan belgilangan miqdor. Aniq amaldagi zaxiralar böyiça rasmiy ma’lumot oçiqlanmagan.
Buyuk Britaniya Şimoliy dengizda kuniga taxminan 1 million barrel neft qazib oladi, ammo uning strategik zaxiralari atigi 38 million barrelni taşkil etadi.
Kanada kuniga taxminan 5 million barrel neft işlab çiqaradi va dunyodagi yirik eksportçilardan biri hisoblanadi. Biroq favqulodda holatlar uçun mamlakatda strategik zaxiralar mavjud emas.
Agar kunlik iste’molga nisbatan baholansa: AQŞ zaxiralari — 21 kunga, Germaniya — 46 kunga, Yaponiya — 74 kunga, Fransiya — 75 kunga yetadi.












