Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya maxsus vizalar berishni boshlaydi
Buyuk Britaniya 2019 yilning bahoridan yuqori texnologiyalar va IT sohasidagi startaplar asoschilariga maxsus vizalar bera boshlaydi. Bu haqda The Independent mamlakat Ichki ishlar vazirligiga asosan yozmoqda.
«Buyuk Britaniya texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida yetakchi davlat ekani bilan faxrlanishi mumkin, biroq biz biznesni jalb etish uchun ko‘proq ish qilmoqchimiz. Shuning uchun men Buyuk Britaniyada biznes ochmoqchi bo‘lgan odamlar uchun yangi viza haqida e'lon qilishdan mamnunman», - deya ma'lum qilgan ichki ishlar vaziri Sajid Jovid.
Uning fikricha, yangi viza butun dunyodan «eng yaxshi iste'dodlarni» jalb qilishda yordam beradi, shuningdek, Britaniyaning innovatsiyalar hamda ishbilarmonlik sohasidagi yetakchi pozitsiyasini mustahkamlaydi.
Ta'kidlanishicha, yangi vizalar OTM bitiruvchilari faqatgina olishi mumkin bo‘lgan kirish hujjatlarini almashtiradi - endi viza olishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi ancha kengayadi. Yangi vizalarni iste'dodli ishbilarmonlar, shuningdek, bu kirish hujjatini olishga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutuvchilar olishi mumkin.
Mavzuga oid
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
12:50 / 29.12.2025
Bild: Germaniyada viza firibgarligi holatlari ikki baravarga oshdi
20:18 / 26.12.2025