Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Ho‘rmuz blokadasida qatnashishdan bosh tortdi – OAV
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika va Eron delegatsiyalarining Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralaridan so‘ng Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokada qilinishini e’lon qilgandi.
Buyuk Britaniya AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish operatsiyasida qatnashish taklifini rad etdi, deb xabar berdi Sky News telekanali o‘z manbasiga tayanib.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya dengiz yo‘lini minalardan tozalash uchun o‘z kemalarini jo‘natishini aytgandi.
«Biz kemalar qatnovi erkinligini hamda jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatda yashash xarajatlarini pasaytirish uchun zarur bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz»,— dedi Sky News suhbatdoshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Buyuk Britaniya Fransiya va boshqa hamkorlar bilan «kemalar qatnovi erkinligini himoya qilish uchun keng koalitsiya» tuzish ustida ishlamoqda.
Donald Tramp Amerika va Eron delegatsiyalarining Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralaridan so‘ng Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokada qilinishini e’lon qilgandi.
U AQSh harbiy-dengiz kuchlari «Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishga yoki undan chiqishga urinadigan barcha kemalarning yo‘lini hech qanday istisnolarsiz to‘sib chiqishi», blokada yaqin vaqtlar ichida boshlanishi va unga boshqa mamlakatlar ham qo‘shilishini qayd etgan.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
11:56 / 08.07.2026
AQSh Eronga javob zarbalari yo‘lladi va neft sotuvini yana taqiqladi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026