Sport | 19:05 / 18.06.2018
17329
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Shvetsiya VAR tizimi yordamida g‘alaba qozondi

Jahon chempionati guruh bosqichi F guruhida birinchi tur doirasida Shvetsiya Janubiy Koreya bilan o‘ynadi. «Nijniy Novgorod» stadionida kechgan uchrashuv shvedlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona golni skandinaviyaliklar himoyachisi Andreas Grankvist 65-daqiqada 11-metrli nuqtadan urdi. 

65-daqiqada koreyalik himoyachi o‘z jarima maydoni ichida raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynagan edi. Biroq, bosh hakam buni payqamay qoldi. Faqat VAR tizimi orqali takroriy videolavhani tomosha qilganidan so‘ng, bu vaziyatda qoidabuzarlik bo‘lgani aniqlandi va penalti belgilandi. Himoyachi Grankvist uni aniq amalga oshirib, Shvetsiyaga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, birinchi turdan keyin F guruhida 3 ochkodan jamg‘argan Shvetsiya va Meksika yetakchilik qilmoqda, Germaniya va Janubiy Koreyada ochko yo‘q. 

F guruhida ikkinchi tur o‘yinlari Germaniya - Shvetsiya va Janubiy Koreya - Meksika jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. 

Avvalroq, Fransiya terma jamoasi ham VAR tizimi yordamidan so‘ng, Avstraliyani (2:1) mag‘lub etgan edi.

JCh-2018
F guruhi
Shvetsiya – Janubiy Koreya 1:0
(0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65, penalti Grankvist.
Shvetsiya – Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).
Janubiy Koreya –    Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Pak Chju Xo (Kim Min U, 28), Li Yen, Chjan Xen Su, Ki Son Yen, Ku Chja Chxol (Li Syn U, 72), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xin Min, Kim Sin Uk (Chjon U Yen, 66).
Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Chxan (55), Klasson (61).

Mavzuga oid