22:10 / 22.06.2018
1816

JCh-2018. Nigeriya Islandiyani yengib, 1/8 finalga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

D guruhida Nigeriya va Islandiya terma jamoalari bellashdi. O‘yin afrikaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Har ikkala gol Ahmad Musa hisobiga yozildi. 78-daqiqada Islandiya hujumchisi Gilfi Sigurdsson penaltini aniq amalga oshirolmadi.

Bu natijadan so‘ng, Nigeriya 3 ochko jamg‘arib, guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu g‘alaba ular uchun 1/8 finalga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 

JCh-2018, D guruhi

Nigeriya – Islandiya 2:0 

22 iyun, «Volgograd-Arena» stadioni

Gollar: 1:0 – 49 Musa, 2:0 – 75 Musa. 
Amalga oshirilmagan penalti: G.Sigurdsson (78, Islandiya)

Nigeriya – Uzoxo, Trost-Ekong, Omeruo, Idovu (Ebuexi, 46), Balogun, Ndidi, Mozes, Etebo, Obi Mikel, Musa, Ixeanacho (Igalo, 85).
Islandiya – Xalldoursson, R.Sigurdsson (Ingason, 65), Magnusson, Sevarsson, Arnason, Gunnarsson (Skulason, 87), G.Sigurdsson, Byarnason, Gislason, Finnbogason, Bedvarsson (Sigurdarson, 71).
Ogohlantirish: Idovu (44).

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top