AQŞ Adliya vazirligi 9 dekabr kuni Rossiyada ötkazilgan 2018 yilgi jahon çempionati mezbonini saylaş jarayoni bilan boğliq bölgan hisobotni e'lon qildi.

«2011 yil iyul oyida Buyuk Britaniya razvedkasining sobiq xodimi Kristofer Stil Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boş vaziri Dmitriy Medvedev örtasida bölgan suhbat haqida hisobot bergan. 

Unda Putin rossiyalik oligarxlardan biri JÇ-2018 mezbonligini qölga kiritiş uçun FIFA prezidentini pora evaziga oğdirganini tan olgani haqidagi satrlar bor», — deb hisobotdan ma'lumot keltirmoqda Sky Spors.

Eslatib ötamiz, 2011 yili FIFA prezidenti lavozimida Yozef Blatter işlagan. Keyinçalik u korrupsiya tufayli futboldagi faoliyatdan çetlatilgan edi.