FIFAning Jahon çempionatiga bağişlangan Twitter-sahifasi JÇ-2018ning eng esda qolarli lahzasini aniqlaş uçun sörovnoma ötkazdi. Unda mikroblogning 14 mingga yaqin foydalanuvçisi iştirok etdi.

Ovoz beriş natijalariga köra, Portugaliya terma jamoasi yetakçisi Kriştianu Ronaldu JÇ-2018ning eng esda qolarli şaxsi sifatida e'tirof etildi. Hujumçi va uning guruh bosqiçi ilk turidagi Ispaniyaga qarşi öyinda (3:3) het-trik qayd etgani umumiy ovozlarning roppa-rosa 50 foizini yiğa olgan.

Germaniya terma jamoasi yarimhimoyaçisi Toni Kroosning ikkinçi turda Şvetsiya darvozasiga urgan goli ikkinçi örinni egalladi. Uning bu goli öyinning asosiy vaqtiga qöşib berilgan 5-daqiqada kiritilgan (2:1) va nemislarga musobaqadagi yagona ğalabani taqdim etgan edi. Uşbu golga 24 foiz qatnaşçi ovoz bergan.

Mundialning eng esda qolarli lahzalari reytingi uçligini 19 foiz ovoz bilan Edinson Kavanining nimçorak finaldagi goli yakunlab berdi. Urugvaylik hujumçining Portugaliya darvozasini işğol etişi (2:1) Ronaldu jamoasining musobaqadan çiqib ketişiga sabab bölgandi.

Röyxatning törtinçi poğonasidan yana bir hujumçi – perulik Xose Paolo Gerrero joy olgan (9 foiz) bölib, u guruh bosqiçi 3-turida Avstraliyaga qarşi bahsda bittadan gol va samarali pas muallifi bölgan edi. Gerrero uşbu bahsdagi mahsuldorligi bilan Peruning musobaqadagi yagona ğalabasiga katta hissa qöşgan, ammo jamoa baribir pley-offga çiqa olmagan edi.

Eslatib ötamiz, Rossiyadagi mundial Fransiya termasining çempionligi bilan yakun topgan, fransuzlar finalda Xorvatiyani 4:2 hisobida mağlub etişgandi.