Londonda FIFA 2018 yil yakunlariga köra The Best FIFA Football Awards taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda yilning eng yaxşi futbolçisi, murabbiyi, darvozaboni va boşqa sovrinlar öz egalariga topşirildi. 

"Liverpul" hujumçisi Muhammad Salohning Angliya çempionati doirasida "Everton" darvozasiga kiritgan goli FIFA tomonidan 2018 yilning eng çiroyli goli deb topildi. 

Saloh 2009 yildan buyon topşirib kelinadigan yilning eng çiroyli gol uçun taqdim etiladigan Ferents Puşkaş nomidagi sovrinni qölga kiritdi. 

Salohdan taşqari uşbu sovrin uçun Denis Çerişev, Garet Beyl, Kriştianu Ronaldu, Benjamen Pavar, Lionel Messi kabi futbolçilar kuraşgan edi.

Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi Dide Deşam 2018 yilning eng yaxşi murabbiyi deb topildi. 

Fransiyalik mutaxassis terma jamoa bilan Rossiyada ötkazilgan jahon çempionatida ğoliblikni qölga kiritdi. Fransiya terma jamoasi JÇ çempionati finalida Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida ğalaba qozondi. 

Uşbu sovrin uçun Deşam bilan bir qatorda "Real Madrid"ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan hamda Xorvatiya terma jamoasi boş murabbiyi Zlatko Daliç da'vogarlik qilgan edi.

Yilning eng yaxşi darvozaboni uçun topşiriladigan sovringa Belgiya terma jamoasi hamda "Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua munosib topildi. 

Belgiyalik darvozabon uşbu sovrin uçun kuraşda Ugo Loris (Fransiya, "Tottenhem")  hamda Kasper Şmeyxelni (Daniya, "Lester") ortda qoldirdi. .