Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Shveytsariya 90-daqiqada gol urib, Serbiyani mag‘lub etdi
Shveytsariya terma jamoasi jahon chempionati E guruhining 2-tur o‘yinida Serbiya ustidan g‘alaba qozondi. "Kaliningrad" stadionida kechgan o‘yin Shveytsariyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Sebriya Mitrovichning 5-daqiqadagi goli evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Jaka oradagi farqni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Shakiri o‘z imkoniyatidan foydalanib, Shveytsariyaga g‘alaba keltirdi.
Shveytsariya terma jamoasi 4 ochko to‘plagan holda o‘z guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. Serbiya esa 3 ochko bilan 3-pog‘onani band qilgan. Braziliya terma jamoasi Shvetsariya bilan bir xil ochko to‘plab, to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, hali ochko olmagan Kosta-Rika so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
JCh-2018. Ye guruhi. 2-tur
Serbiya – Shveytsariya – 1:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Mitrovich, 1:1 – 52 Djaka, 1:2 – 90 Shakiri.
Serbiya: Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Ivanovich, Toshich, Milivoyevich (Radonich, 81), Matich, Milinkovich-Savich, Tadich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.
Shveytsariya: Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Bexrami, Jaka, Jyemaili (Embolo, 73), Shakiri, Tsuber, Seferovich (Gavranovich, 46).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoyevich (39), Matich (45), Mitrovich (87).
Mavzuga oid
02:21 / 07.12.2022
JCh-2022. Portugaliya Shveytsariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
02:08 / 03.12.2022
JCh-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveytsariya - pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa
02:41 / 25.11.2022
JCh-2022. Braziliya mundialni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi
09:36 / 16.11.2021