Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni ta'sis etildi
Foto: "Xalq so‘zi"
Prezident qaroriga muvofiq “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni ta'sis etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
“Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni bilan ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, a'zolari, mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.
Mavzuga oid
19:55 / 25.09.2023
«Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
20:25 / 04.09.2023
«Ibratli oila» ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi
11:08 / 18.03.2023
«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida topshiriladi
23:23 / 27.10.2022