O‘zbekiston mahsulotlarini Yevroittifoqqa yetkazib berish uchun Ukrainani xabga aylantirmoqchi
O‘zbekiston va Ukraina 25 millionlik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi «Jahon» AA. Shartnomalar «O‘zbekiston va Ukraina: iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari» birinchi iqtisodiy forumi doirasida tuzildi.
Tomonlar farmatsevtika, neft-gaz, ko‘mir qazib olish va boshqa sohalarda qo‘shma korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekistonning Artel, Akfa, Osborn, Ideal, Bonito kabi kompaniyalari ishlab chiqariluvchi mahsulotlari namunalarini namoyish etdi. Muzokaralar natijasida o‘zbek tovarlarini eksport qilish, Ukrainaning jami 25 mln dollarlik sarmoyasini jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Hamkorlikning strategik yo‘nalishi - O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa ittifoqi bozoriga yetkazish berish uchun Ukrainani yuk tushirish-yuklash xabiga aylantirish. Shuningdek, Ukraina tovarlarini O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo mintaqasiga yetkazishga qiziqish bildirildi.
Mavzuga oid
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Vuhledar shahri egallanganini e’lon qildi
20:05 / 03.10.2024
«Faqat piyoda qochish mumkin edi» - ukrain jangchilari Vuhledardan chiqish haqida
16:56 / 02.10.2024