Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Bugun yana ikki favoritning taqdiri hal bo‘ladi
Bugun, 2 iyul kuni jahon chempionati nimchorak final o‘yinlari doirasida yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi.
Kunning ilk o‘yini «E» guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Braziliya va «F» guruhida Germaniyani ortda qoldirgan Meksika terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. O‘yinni boshqarish italiyalik Janluka Rokki boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan.
BRAZILIYa – MeKSIKA
2 iyul. Samara. «Samara Arena» stadioni. 19.00 (Match TV).
Hakamlar: ROKKI. Tonolini, Di Liberatore (barchasi – Italiya).
Ikkinchi o‘yin esa «G» guruhida Angliyani ham mag‘lub etib, 100 foizlik natija bilan nimchorak finalga chiqqan Belgiya hamda «H» guruhidan ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan Yaponiya terma jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. O‘yinni senegallik Malang Diediou boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.
BeLGIYa – YaPONIYa
2 iyul. Rostov-na-Donu. «Rostov Arena» stadioni. 23.00 (Pervyy kanal).
Hakamlar: DeDYu. Kamara, Samba (barchasi – Senegal).
Mavzuga oid
10:21 / 07.07.2018
JCh-2018. Shvetsiya-Angliya, Rossiya-Xorvatiya. Bugungi o‘yinlar anonsi
11:10 / 06.07.2018
JCh-2018, chorak final. Bugungi o‘yinlar anonsi
10:00 / 03.07.2018
JCh-2018. Bugun nimchorak finalning oxirgi o‘yinlari
11:00 / 21.06.2018