Jahon | 22:16 / 03.07.2018
12828
1 daqiqa o‘qiladi

Televizor va internetdan foydalanish o‘rtasidagi farq borgan sari qisqarmoqda

Foto: Shutterstock

Bundan 90 yil muqaddam AQShda dastlabki televizor sotilgandi. Uning narxi 75 dollar turgan. O‘sha paytlarda uchta televizorning puliga bitta Harley Davidson mototsiklini sotib olish mumkin edi.

1930-yillar boshidan elektron televizorlar keng ommalasha boshladi. Televizor uchun ilk pult 1950-yillarda ishlab chiqarilgan.

O‘n yildan ortiq vaqtdan buyon butun dunyoda televizor ko‘rish vaqti kamayib bormoqda, odamlar ko‘proq vaqtini borgan sari internetda o‘tkazishmoqda.

So‘rovlarda ma'lum bo‘lishicha,odamlar televizor orqali, asosan, yangiliklarni ko‘rishmoqda, shu bilan birgan ayrimlar TVdan ko‘ra internetga ko‘proq ishonch bildirmoqda.

Zenith agentligining taxminiga ko‘ra, 2019 yilga kelib global TV va internetdan foydalanish orasidagi tafovut yetti daqiqagacha qisqaradi.

Mavzuga oid