O‘zbekiston | 19:32 / 04.07.2018
25466
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezident Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 5 iyul kuni qo‘shni davlatga jo‘nab ketadi.

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovning ma'lumot berishicha, davlat rahbari 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirida ishtirok etadi.

Qozog‘istonga tashrif chog‘ida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Qayd etish kerakki, Nursulton Nazarboyev ham 6 iyul kuni 78 yoshini nishonlaydi.

Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta shu yilning martida Qozog‘istonga tashrif buyurgan va Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid