09:26 / 14.07.2018
54743

O‘zbekiston bilan chegaralar ochilgach Tojikiston to‘g‘ri tanlov qilmog‘i kerak

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston bilan chegaralari ochilgach Tojikiston chorrahada qoldi: yo respublika sekin-asta eksportga yo‘nalgan iqtisodiyotga o‘tadi va kerakli yo‘nalishda rivojlana boshlaydi, yoki pul o‘tkazmalari va importga bog‘liq, kelgusidagi rivojlanishi uchun katta tahdidlarga yo‘g‘rilgan iqtisodiyoti bilan qoladi. Asia-plus xabariga ko‘ra, Jahon bankining Tojikistondagi doimiy vakili Yan-Piter Olters shunday fikrda.

Bu haqda u Butunjahon bankining Tojikistondagi vakili Yan-Piter Oltersning «Tojikiston Respublikasi — o‘zgarayotgan mintaqaviy muhit: foyda olish muhimligi» dokladida aytib o‘tgan.

Uning qayd etishicha, chegaralar ochilgach, qo‘shnilar o‘rtasida raqobat ortadi va Tojikiston bunga tayyor bo‘lishi kerak.

Oltersning ta'kidlashicha, mazkur hodisa respublikaga kelgusida rivojlanish, innovatsiyalar va kreativlik joriy etish uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim etadi.

Ushbu holatda tojik ishlab chiqaruvchilaridan yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishlari uchun o‘z quvvatlarini takomillashtirishi talab etiladi, degan Butunjahon banki vakili.

Uning qayd etishicha, tojik ishlab chiqaruvchilarida nafaqat katta qismi yordamga muhtoj 9 million aholiga, shuningdek aholisining nisbatan to‘lov qobiliyati yuqoriroq bo‘lgan kattaroq bozorlarga chiqish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Qo‘shnilar bilan, ayniqsa O‘zbekiston bilan aloqalar yaxshilangach, Butunjahon banki qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda Tojikiston iqtisodiyoti uchun ijobiy pronozlar bermoqda.

Dokladda O‘zbekiston va Tojikiston deyarli 15 yillik tarang munosabatlardan so‘ng shu yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi bilan kelganini ta'kidlab o‘tilgan.

«Bu tarixiy tashrif ikkitomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlar uchun yangi paradigmadagi signal bo‘ldi. Tashrif davomida tomonlar hamkorlikning keng doirasi, xususan suv va energetika resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha 27 ta ikkitomonlama kelishuvlar imzolashdi», — deyiladi dokladda.

Ushbu tashrifdan so‘ng 2001 yilda yopilgan 10 ta nazorat o‘tkazish punktlari ochilgani, 2012 yildan buyon ilk bora temiryo‘l tashuvlari qayta tiklangani ham qayd etilgan.

Bundan tashqari, Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi qayta ochilgan mintaqaviy elektr uzatish tarmog‘i eksporti qayta tiklandi va O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz (2013 yildan so‘ng yana) qayta uzatila boshlandi.

«30 kungacha kirib chiqish uchun vizasiz rejim joriy etildi. O‘zbekiston rasman Tojikistonda barpo etilayotgan gidroenergetika obektlari, jumladan Rog‘un GESi qurilishiga qiziqish bildira boshladi», — deyiladi dokladda.

Top