Toşkent viloyati bojxonaçilari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi. 

Viloyat bojxona boşqarmasi xabariga köra, «Bekobod-avto» çegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda şaxsiy körikdan ötkazilgan.

Şunda, fuqarolarning bel qismiga matoga örab yaşirilgan umumiy qiymati salkam 2 mlrd sömlik 1696 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda uşbu holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.