Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh hududlari aholisini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha yakunlandi
"Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlikka" loyihasining yakunlari sarhisob qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida yashovchi faollar, shuningdek, rasmiylar va ekspertlar ishtirok etdi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan amalga oshirilayotgan "Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik" loyihasini 2022 yil iyun oyida boshlangan edi.
Loyiha BMT bosh kotibining Tinchlik qurish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilib, u Farg‘ona vodiysi orqali o‘tuvchi chegaraning har ikki tomonida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Dastur qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
U Qirg‘izistonning Jalolobod va O‘sh viloyatlari, shuningdek, O‘zbekistonning Namangan va Andijon viloyatlaridagi bir qator qishloqlarni qamrab oldi.
Loyihaning ikki mamlakatda erishilgan asosiy yutuqlaridan biri 700 dan ortiq kishini birlashtirgan 66 ta o‘z-o‘ziga yordam guruhlarining tashkil etilgani bo‘ldi. Ushbu guruhlar ishtirokchilarining 90 foizi ayollardan iboratdir.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026