2023 yilning 1 oktyabridan beri AQŞning janubiy çegarasidan 57 ming 200 nafar noqonuniy migrant ötib, Kaliforniya ştatigaça yetib olişga uringan. Ularning 2900 nafarini Özbekiston fuqarolari taşkil etadi. Bu haqda Fox News mamlakat Çegara-bojxona xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilişiça , qölga olinganlarning 27 ming 583 nafari xitoylik, 8,9 ming nafari hindistonlik, 7,8 ming nafari turkiyalik, 4,4 ming nafari mavritaniyalik, 3 mingga yaqini vetnamlik, 5,6 ming nafari esa gvineyalikdirdir.
Ma’lumot uçun, 2021-2023 yillar oraliğida Özbekistonning 13,6 ming nafar fuqarosi AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirişga uringan. Bu boradagi röyxatda 30,8 ming kişi bilan Turkiya va 15,5 ming kişi bilan Mavritaniya yetakçi, Misr va Pokistonni ortda qoldirgan Özbekiston uçinçi örinda qayd etilgandi.
Özbekistonlik noqonuniy mehnat muhojirlari asosan «Özbekiston – Turkiya (Ispaniya) – Boliviya – Kolumbiya – Meksika – AQŞ» yönalişi böyiça Qöşma Ştatlariga kirişga harakat qilgan.
Avvalroq, AQŞning Özbekistondagi elçixonasi Meksika orqali noqonuniy kirmoqçi bölgan Özbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qöyib yuborilmasligi va immigratsiya işi hal bölguniça hibsda saqlanişi haqida ogohlantiriş bilan çiqqandi.








