Jahon | 12:55 / 16.07.2018
6581
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp NATO davlatlari yetakchilari o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgani bilan maqtandi

Foto: REUTERS/Yves Herman

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, NATO sammitidan so‘ng Alyans davlatlari yetakchilaridan ko‘plab qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti tvitterdagi o‘z sahifasida yozdi.

Sammit 11-12 iyul kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tdi.

«NATO mamlakatlari yetakchilaridan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Ular menga birgalikda yig‘ilish va ham hozirgi, ham bo‘lajak moliyaviy majburiyatlarga e'tibor qaratish uchun imkon yaratishda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi. Bizda ajoyib sammit bo‘ldi, u ko‘plab OAV tomonidan noaniq tarzda yoritildi», - deya yozgan Tramp.