Fan-texnika | 23:16 / 21.07.2018
13404
2 daqiqa o‘qiladi

Google’ning bir yil ichida uchinchi uchar avtomobili havoga ko‘tarildi (video)

Google asoschisi Larri Peyj milliarderlarga xos tarzda aqldan ozgan ko‘rinadi yoki boshqalar bilmaydigan narsani biladigan ko‘rinadi. Peyj mart oyida Google’ning ikki o‘rindiqli uchar avtomobili Cora’ni taqdim qilgandi. Iyunda avtomobil, gidroplan va kvadrokopter gibridi Fler sinov parvozi o‘tkazilgan. Endi esa Peyj ishtirokida yaratilgan uchinchi uchar avtomobil – BlackFly havoga ko‘tarildi.

Foto: getty images

BlackFly qurilmasi Google nazoratida tashkil etilgan OPENER startapi tomonidan yaratilgan. Bu to‘liq elektrlashtirilgan, 8 ta rotor va 4 ta qanotli minisamolyotdir. U vertikal holda uchish-qo‘nishni amalga oshira oladi va 130 km/soat tezlik bilan ucha oladi. Qurilma bir quvvatlanishda 65 km masofani uchib o‘tadi. 

Ushbu transport turini boshqarish juda oson, undagi “aqlli” stabillashtirish tizimi esa xatoga yo‘l qo‘ymagan holda haydovchiga yordam berishi mumkin. BlackFly oddiy dronlarni boshqarishda qo‘llanuvchi joystikka o‘xshash joystik bilan boshqariladi. Ehtiyot chorasi sifatida qurilmada avtomatik parashyut o‘rnatilgan. Qurilma qattiq sirt va suvga qo‘nadi. Uni qo‘ndirish uchun bir avtomobil egallaydigan joydan sal kattaroq joy talab etiladi.