O‘zil mojarosi davom etmoqda. Erdo‘g‘an futbolchiga qo‘ng‘iroq qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘ziga nisbatan nemis jamoatchiligi tomonidan ko‘rsatilgan o‘ta yomon munosabat ortidan Nemis futbol ittifoqi bilan ziddiyatga borgan va Germaniya terma jamoasidan ketganini e'lon qilgan «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zilni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
«Germaniya terma jamoasi uchun 100 foiz kuchi bilan o‘ynagan yosh yigitga diniy e'tiqodi tufayli bunday irqchilik munosabatida bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Uning ko‘zlarini o‘pib qolaman. Mesutning so‘zlarini to‘la qo‘llab-quvvatlayman», – degan Erdo‘g‘an.
Siyosatchi o‘z birdamligini bildirish uchun futbolchiga qo‘ng‘iroq qilganini qo‘shimcha qilgan.
Ayni vaqtda 29 yoshda bo‘lgan futbolchi 2009 yildan buyon Germaniya terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda to‘p surib kelayotgandi. U milliy terma jamoa uchun jami 92 o‘yin o‘tkazgan, 2014 yili Braziliya mundialida chempionga aylangan.
Mesut O‘zil JCh-2018 arafasida Angliyaga rasmiy tashrif uyushtirgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan fotosuratga tushganidan keyin nemis nashrlarida qattiq tanqidga uchragandi.
Mavzuga oid
17:03 / 22.03.2023
Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunladi
14:32 / 25.12.2019
Mesut O‘zil 219 nafar bolaning jarrohlik amaliyoti pulini to‘lab berdi
12:31 / 17.12.2019
Xitoyda O‘zilning nomi internet qidiruvlardan o‘chirildi, rasmiy OAVlarda u haqda yozish taqiqlandi
18:00 / 15.12.2019