Sport | 14:35 / 25.07.2018
4141
2 daqiqa o‘qiladi

Boateng Neymar va Mbappega jamoadosh bo‘lishi mumkin

«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jyerom Boateng katta ehtimol bilan faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

Sky Sport xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi tez orada «Pari Sen-Jyermen» klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan muzokaralar yakuniy bosqichga yetib kelgan. 

Avvalroq, «PSJ» Boateng uchun «Bavariya»ga 50 million yevro taklif qilgani, myunxenliklar klubi futbolchisi uchun 80 million yevro talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayni vaqtda tomonlar 60-70 millionlik narxga kelishgani aytilmoqda. Futbolchining xizmatiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

Xuddi shu vaqtda «Bavariya» prezidenti Uli Xeness myunxenliklar yaqin vaqtlar ichida 3 futbolchi bilan xayrlashishini ma'lum qildi. Ammo transferga qo‘yilayotgan futbolchilar nomini oshkor etmadi.

O‘tgan mavsumda ushbu futbolchi Bundesliganing 19ta o‘yinida maydonga tushib, 1ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid