Norezidentlar - birja savdolari ishtirokchilari mablag‘larni nimalarga sarflashlari mumkin?
Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Norezidentlarga, tovar-xom ashyo birjalaridagi qolgan barcha birja savdolari ishtirokchilariga bo‘lgani singari, hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan hisobvaraqlar ochiladi va yuritiladi.
Ma'lumot uchun: hisob-kitob-kliring palatasi – elektron kliring tizimi orqali birja bitimlari bo‘yicha kliring, hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilishini ta'minlovchi birjaning tarkibiy bo‘linmasi.
Bunda kliring ishtirokchilarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
• ular o‘rtasida bitimlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
• savdo sessiyalarida ishtirok etish uchun zakalat sifatida;
• mijoz topshirig‘iga ko‘ra – kliring ishtirokchisining xizmat ko‘rsatuvchi bankidagi hisobvaraqqa qaytarish uchun;
• birja xizmatlari haqi, brokerlik haqini to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
• qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan eksport (import) bitimlarini ijro etish bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirish uchun;
• bitimlarni tuzish va ijro etish bilan bog‘liq boshqa hollarda.
Shunga qaramay, Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga norezident-yuridik shaxslarga mahalliy banklarda hisobvaraqlar ochish va TXB ochiq elektron savdolarida mahsulot sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga xorijiy valyuta sotib olish (sotish) imkonini beruvchi qo‘shimchalar kiritilgan edi. Shu tariqa, Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi yuqoridagi hujjatga muvofiqlashtirildi.
Belgilanishicha, mahsulotni sotishdan tushgan mablag‘lar va norezidentlar (yuridik shaxslar) – TXB ochiq elektron savdolari ishtirokchilariga milliy valyutada ochilgan bank hisobvaraqlariga kelib tushgan boshqa taqiqlanmagan mablag‘lar hisobvaraq egasining ko‘rsatmasiga ko‘ra:
• xorijiy valyutani sotib olish uchun ishlatilishi;
• birjalarning HKKPda ochilgan hisobvaraqlarga qayta o‘tkazilishi mumkin.
Hujjat 30.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:27 / 01.09.2022
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus hisobvaraqlari tugatiladi
20:45 / 21.02.2022
Avtomobil benzinining sotilish hajmi 1,8 barobarga oshgan
15:24 / 14.09.2021
Birjada paxta yog‘i, sement va suyultirilgan gaz narxi pasaydi
11:31 / 30.07.2021