Ötgan hafta davomida, ya'ni 6–12 sentabr kunlari «Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi» AJning barça savdo platformalarida 1 trillion 926,9 mlrd sömlik tovarlar sotilgan bölib, bu avvalgi haftaga nisbatan 77,9 foizga ortiqdir.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali umumiy summasi 9,7 mlrd sömlik 3 ming 570ta avtoraqamlar sotilgan.
Paxta yoği
Ötgan haftada birja savdolariga 3 ming 115 tonna paxta yoği qöyildi va ulardan 1 ming 704 tonnasi, ya'ni 54,7 foiz qismi sotilgan. Barça navli paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 15 ming 218 sömdan 14 ming 229,8 sömgaça, ya'ni 6,5 foizga pasaygan.
Tsement
Ötgan hafta mobaynida birja savdolariga 391 ming 793 tonna sement qöyildi va ulardan 224 ming 877 tonnasi, ya'ni 57,4 foizi sotilgan. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 44,9 ming tonnani taşkil qilgan.
Körib çiqilayotgan davrda sementning barça markalari böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 516,9 ming sömdan 508,8 ming sömgaça, ya'ni 1,6 foizga pasaygan.
Suyultirilgan gaz
Ötgan haftada birja savdolariga 1 ming 723 tonna suyultirilgan gaz qöyildi va uning butun hajmi, ya'ni 100 foiz sotilgan. Ötkazilgan savdolarda har kuni örtaça 104 xaridor iştirok etgan.
Mazkur davrda suyultirilgan gazning örtaça kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 7 ming 233,9 sömdan 7 ming 89,2 sömga, ya'ni 2 foizga tuşgan.

















